loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Toshkentda xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi o‘tkaziladi

2022 yilning 19-23 dekabr kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida  “Toshkent quvonchlari” IX  xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi tashkil qilinadi. 

Mavzu:
“Bolalik olami”, “Mening Vatanim”, “Men yashayotgan dunyo”, “Mening orzuim”, “Men bilgan O‘zbekiston”

Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi 19 – dekabrdan 23 – dekabrgacha o’tkaziladi.

Ishlarga qo’yiladigan talablar:

• Ish xajmi 30×40 sm bo’lishi kerak. 

• Har bir ish ota-ona/vasiy/o‘qituvchi tomonidan uning original ekanligi va 2022-yilda 3-shaxs yordamisiz yaratilganligi tasdiqlanishi kerak.

• Ishlatish mumkin bo’lgan materiallar: ishtirokchi istalgan materiallardan foydalanishi mumkin. Kompyuterda chop etilgan nashrlar, linogravyuralar, batiklar qabul qilinmaydi.

• Ish mustaqil tarzda, tashqaridan yordamsiz va shaxsan ishtirokchi tomonidan yaratilishi kerak.

• Xar bir ishtirokchi namoyish etilmagan bitta original asar bilan ishtirok etishi mumkin.

• Ish ramkaga solinmasligi kerak.

• Ishlar qaytarilmaydi. Biennale tashkiliy qoʻmitasi barcha asarlarga mualliflik huquqini oʻzida saqlab qoladi.

• Barcha ishlar to‘g‘ri qadoqlangan, ushbu qoidalarga to’liq rioya qilgan holda (pochta to‘lovi to‘langan) Biennale tashkiliy qo‘mitasiga yuborilishi kerak.
Ishtirokchiga eslatma
Iltimos, ishtirokchi anketasini to‘liq to‘ldiring va ishtirokchining asari bilan Biennale tashkiliy qo‘mitasi manziliga yuboring.

Ishtirokchiga qo’yiladigan talablar:
Biennaleda 5 – 15 yoshdagi bolalar ishtirok etishi mumkin.

Ariza topshirish muddatlari
2022-yil 1-avgustdan 1- dekabrgacha (biennale tashkiliy qoʻmitasi tomonidan ushbu sanaga qadar ariza qabul qilinadi).

Sovrinlar.
Barcha asarlar Biennalening hakamlar hay’ati a’zolari totmonidan baholanadi. Hakamlar hay’atining qarori yakuniy hisoblanadi.

Sovrinlar quyidagilardan iborat:
7 ta oltin medal
7 ta kumush medal
7 ta bronza medali
50 ta esdalik medali

Natijalar 2022-yil dekabr oyida eʼlon qilinadi. Gʻoliblar pochta orqali alohida xabar qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot
Ishtirokchi tomonidan so’rovnomaning barcha bandlari bosh harflar bilan to’liq to’ldirilishiga alohida e’tibor bering.

Ma’lumot to’liq taqdim etilmaslik ishtirokchi ismi-sharifini yoki asar nomini noto’g’ri o’qilishishi yoki xatolik tufayli g’olibning mukofotini qaytarish kabi xatolarga olib kelishi mumkin.

Ustama tolov yoki yuk/kargo ko’rinishida yuborilgan asarlar qabul qilinmaydi.

Bog’lanish uchun ma’lumot:

Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi direksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100037, Toshkent sh., Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37 “A”

TEL: +998-71-2527473, +998-71-2330427

FAKS: +998-71-2527473

Elektron pochta: fusmanov@hotmail.com
art.academy.uzb3@gmail.com9

“Toshkent quvonchlari” IX Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi ishtirokchi so’rovnomasi/arizasi

Ishtirokchi tomonidan to’ldirilishi kerak. Iltimos, so’rovnomani to’liq bosh harflar bilan to’ldiring va uni asarigizning tepa chap burchagiga stepler bilan qistirib qo’ying.

 

Ishtirokchi:

 

Ism

Familiya

Yosh:

Jins (e/a):

Tug’ilgan sana (y/o/k):

Manzil:

Yashash joyi:

Fuqarolik:

Asar nomi:

 

Tel.:

Elektron manzil:

       

 

“Toshkent quvonchlari” IX Xalqaro bolalar rasmlari biennalesi ishtirokchi so’rovnomasi/arizasi

Tashkilot tomonidan to’ldiriladi. Iltimos, so’rovnomani to’liq bosh harflar bilan to’ldiring va uni asarning yuqori chap burchagiga stepler bilan qistirib qo’ying.

 

Tashkilot nomi:

 

 

Tashkilot vakilining ismi-sharifi:

Manzil:

Mamlakat:

Yoborilayotgan asarlar soni:

 

Tel.:

Elektron manzil:

    

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.