loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ustoz va shogirdlar ko`rgazmasi

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Nigoh’ nomli ustoz va shogird ko`rgazmasi ochildi. Ko`rgazmada O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi. K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti Chori Bekmirovning ishlari va 10 nafar shogirdlarining asarlari namoyish qilindi.

Ko`rgazma tashkilotchilari: O`zbekiston Badiiy akademiyasi, O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi va K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti. Shoxnazar Jumaniyozov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san`at” fakulteti dekani, Ko`plab xalqaro va respublika ko`rgazma va konferentsiyalar ishtirokchisi.

Omonulla Solixov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi o`qituvchisi, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi. Ziyodulla Farmonov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi katta o`qituvchisi, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi. 2017 yil “Eng ulug`, eng aziz” respublika ko`rik – tanlovining faxrli 2-orin sohibi. Farid Sattorov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi katta o`qituvchisi, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi. Ilxom Xalilov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi mudiri, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi. Umarbek Rajabov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi katta o`qituvchisi, “2018 yilning eng faol rassomi” nominatsiyasi golibi. Ko`plab xalqaro va respublika ishtirokchisi.Ulug`bek Yusupov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi katta o`qituvchisi, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi.Gulhayo Abdullayeva – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi o`qituvchisi, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi. Jamol Tuyaqov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi o`qituvchisi, Xalqaro va respublika ko`rgazmalar ishtirokchisi. Javohir Niyozov – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti. Fransiyaning Parij shahrida o`tkazilgan “TALANT” tanlovining “GRAND PRIX” sovrindori.

 

Ko`rgazma joriy yilning 17 iyunigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.