loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Xotira kechasi

Bugun, 29-fevral kuni Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a’zosi Jollibay Izentayevning tugʻilgan kuni munosabati bilan «Quyoshga talpingan rassom» nomli xotira kechasi o‘tkazildi.

Hayotini san’atga bag‘ishlagan, fidoiy inson, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Jollibay Izentayev 1943-yili 29-fevral kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tugʻilgan.

Tadbirni maktab-internat direktori J.Dosbergenov ochib berdi.
Kechada Qoraqalpog‘iston xalq rassomlari J.Lepesov, akademik S.Baybosinov, B.Aytmuratov va rassomning o‘g‘li N.Izentayev ishtirok etdi va rassomni yodga oldi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston тeleradiokompaniyasi tayyorlagan hujjatli film namoyish etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.