loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yapon taomlari maket namunalari

Shu kunlarda O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O`zbekiston va Yaponiya o`rtasida diplomatic aloqalar o`rnatilganligining 30 yilligiga bag`ishlangan “Yapon taomlari maket namunalari” ko`rgazmasi ochilishi bo`lib o`tmoqda.

Tashkilotchilar: O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi va O`zbekiston – Yaponiya markazi.

Ko`rgazmada yapon an`anaviy taomlarining mumda yasalgan maketlari hamda fotosuratlari namoyish qilinayapti.

Kunchiqar mamlakatning oshxonasi juda oddiy – ammo nozik did bilan, mazali va benihoya rang-barangdir.

Uning asosiy qonun-qoidalari o`rta asrlar Xeyan davrida shakllangan va hozirgacha saqlanib kelmoqda.
Yapon taomi 5 gomi ta`midan iborat bo`lishi lozim – shirin, sho`r, achchiq, nordon va o`tkir. Ammo, oltinchisi, o`zgacha ta`m, bu mamlakatning oshpazlari mohirlik bilan ochib bera oladihgan – bu aqldir.

Butun dunyo yapon oshxonasini sog`lom ovqatlanishning etaloni deb hisoblaydi. Taom kichik porsiyada tortiladi, to`yinganlikka esa taomlarning katta tanlovi orqali erishiladi.

Yapon oshxonasi taomlari:

Sushi – xom baliqdan taom. Sushini tayyorlash uchun baliqqa issiqlik bilan ishlov berilmaydi, bu esa baliqning tabiiy mazasini saqlaydi.

Sashimi – yupqa kesilgan xom dengiz mahsulotlari bo`lib, bu kesilgan sabzavotlar bilan birgalikda yassi tarelkada tortiladi. 

Onigiri – xilma – xil masalliqlardan iborat g`uruchli sharchalar, sabzavotdan tortib, go`sht mahsulotlarigacha va dengiz mahsulotlari.

Miso – sho`rva. Uni hech qachon asosiy ovqat sifatida tortishmaydi – u an`anaviy desertdan tashqari, hammasida garner sifatida ishlatiladi.

Ko‘rgazmada shu singari boshqa yapon milliy taomlari maket namunalari ham o‘rin olgan.

Ko`rgazma joriy yilning 14 martigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.