loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yaponiya madaniyati kunlari

Joriy yilning 7-13 iyul kunlari Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida Yaponiyaning O’zbekistondagi madaniyati kunlari bo’lib o’tadi.

Yaponiya madaniyati kunlari doirasida an’anaviy yapon kimonosi, Norio Fujishironing “No teatri niqoblari” nomli plakatlar ko‘rgazmasi, Yapon choy marosimi anjomlari», “Yaponiyaning madaniy meros yodgorliklari”, «Xashi – yapon taom tayoqlari”, “Yapon taomlari maket namunalari» ko’rgazmalari taqdim etiladi.
Shuningdek, Yaponiyaning an’anaviy xattotlik san’ati – shodo, choy marosimi, sumie, kirie (yapon aplikatsiyasi) bo’yicha mahorat darslari va namoyishlar bo’lib o’tadi.

Shuningdek madaniyat kunlari davomida “Pop In Q” nomli animatsion film va “Wanko” nomli badiiy film namoyish qilinadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.