loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Мактабга ташриф

Özbekiston banklar assotsiatsiyasi rahbariyati, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti professori, «Özbekzargarsanoati» uyushmasi, Respublika «Hunarmand» uyushmasi, «Fonon» zargarlik zavodi vakillari Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan közlangan maqsad yurtimizda zargarlik sohasini rivojlantirish va buning uchun sohada ta’lim berish tizimini xalqaro standartlarga asoslangan yangi bosqichga olib chiqish, özaro hamkorlik aloqalarini yölga qöyishdan iborat. Tashrif söngida Singapur menejmentni […]

Она замин оҳанглари

Чирчиқ шаҳридаги “Кимёгарлар» маданият саройида Чирчиқ давлат педагогика университетининг Тасвирий санъат ва дизайн кафедраси ўқитувчиси, рассом Авазжон Абдумажитовнинг «Она замин оҳанглари» номли шахсий кўргазмаси очилди.Кўргазмада муаллифнинг йил фасллари манзараси акс этган асарлари, турли бадиий услубдаги изланишлари, этюдлари ўрин олди.А.Абдумажитов 1995 йилда Тошкент вилоятида туғилган. Республика рассомлик коллежи, Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институтида […]

Мутафаккир шоирга эҳтиром

Ўзбекистонда ажойиб бир анъана бор. Об-ҳаво қандай бўлишидан қатъий-назар, ҳар йили 9 февраль куни эрта тонгдан буюк шоир ва мутафаккир Алишер Навоий таваллуди муносабати билан кенг жамоатчилик вакиллари Адиблар хиёбонидаги шоирнинг муҳташам ҳайкали пойида жам бўлади.Ёмғир ва шамол бўлишига қарамасдан, бугун ҳам шундай бўлди. Улуғ шоирнинг 582 йиллиги муносабати билан хиёбон юртдошларимиз билан тўлди. Бу […]

ANONS!

Respublika xattotlik va miniatyura ko‘rgazmasi hamda «Xattotlik sanʼatining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz. Ochilish marosimi 11-fevral kuni soat 10:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

«MARD O‘G‘LON» DAVLAT MUKOFOTIGA TALABGORLAR DIQQATIGA!

“Mard o’glon” davlat mukofoti uchun talabgorlar o’z hujjatlarini doimiy yashash manzili joylashgan hudud bo’yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo’limlarida tashkil etilgan komissiyaga topshirishlari tavsiya etiladi.Mazkur davlat mukofotiga so’nggi uch yilda o’tkazilgan loyiha va tanlovlarda g’olib bo’lgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, o’zining chuqur […]

Miniatyura sanʼati ulkan vakili ko‘rgazmasi

7 fevral kuni O’zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Niyozali Xolmatov (1947-2020)ning “Haq sari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.Ko’rgazmada N. Xolmatovning 55 dan ortiq rang tasvir, miniatyura va grafika asarlari hamda 20 dan ortiq […]

Ҳамдардлик

Таниқли ҳайкалтарош, Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси аъзоси, «Меҳнат шуҳрати» ордени соҳиби Тўлаган Тожихўжаев 71 ёшида вафот этди.Ўзбекистон Бадиий академияси жамоаси марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдиради.Шундай оғир дамда Яратгандан сабр тилайди.

DIQQAT, TANLOV!!!

TURKSOY (Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti)ning 30 yilligiga bag’ishlangan Turkiy mamlakatlar yosh ijodkorlarining «Turk dunyosi yosh rassomlar nigohida» xalqaro tanlovi e’lon qilinadi. Tanlovda TURKSOYga a’zo davlatlardan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan ixtisoslashtirilgan maktablar va oliy ta’lim muassasalari san’at bo’limlarining talabalari, yosh ijodkorlari tishtirok etishlari mumkin. Bitta ishtirokchi tanlovga faqat bitta ishni taqdim etishi mumkin. Taqdim etiladigan […]

Sharq nafis sanʼati yoshlar nigohida

Bugun,3 fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, miniatyurachi rassom Behzod Xojimetov va yosh miniatyurachi rassomlarning “Sharq nafis sanʼati yoshlar nigohida – V” nomli anʼanaviy koʻrgazmasi ochildi.Bu koʻrgazma gʻoyasi rassom B.Xojimetov tomonidan ilgari surilgan boʻlib, ilk marta 2017 yilda tashkil etilgan. Beshinchi marta oʻtkazilayotgan “Sharq nafis sanʼati yoshlar […]

Ustoz rassomning shaxsiy koʻrgazmasi

Bugun, 2-fevral kuni Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida rangtasvirchi rassom Mahmud Ahmedovning 85 yillik yubileyi va ijodining 55 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Mahmud Ahmedovning asarlari – oʻziga xos olam boʻlib, hayratlanarli darajada oʻzini namoyon qiluvchi ichki dramatizmga toʻla.Qariyb 40 yil davomida maxsus musiqa va sanʻat maktab-internatida pedagogik faoliyatini olib borgan. Hozirgi […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.