loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Taʼlim va ijod

Bugun, 23 may kuni, soat 17:00da, Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti “Mahobatli rangtasvir kafedrasi” professor-o‘qituvchilarining “Taʼlim va ijod” nomli guruhiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining turli kafedralari professor-o‘qituvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi bugungi kunda anʼanaviy tus […]

АНОНС!

Жорий йилнинг 26 май куни соат 17:00 да Ўзбекистон Бадиий академиясининг “Академия” галереясида Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси аъзоси, рассом Баҳодир Зокировнинг “Куйлаш яшаш демакдир!” номли шахсий кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтади. Ушбу кўргазма Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокировнинг ибратли ҳаёти ва ижодига бағишланади.

“Ko‘zmunchoq” 10 yoshda

Bugun, 22-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati o‘quvchilarining “Ko‘zmunchoq” nomli rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

RISMI o‘quvchilari zafar quchdi

Joriy  yil 13-22-may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Taraz va  Taldiqo‘rg‘on shaharlarida  IV Xalqaro  yosh ijrochilar “Sounds of Asia” hamda  xalqaro “Yosh virtuozlar” tanlovlari bo‘lib o‘tdi.Tanlovlarda Belarus, Xitoy, Qozog‘iston, Koreya, Fransiya, Ozarbayjon, Rossiya davlatlaridan tanlovga kelgan yosh sozandalar bilan bir qatorda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati musiqa bo‘limining maxsus fortepiano yo‘nalishi 3-sinf o‘quvchisi Mamatraximova […]

“Ilhom” mukofoti tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

20-may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazildagina anʼanaviy “Ilhom” mukofoti tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.“Ilhom” mukofoti tanlovining rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari F.Tashmuxamedov ishtirok etdi.Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan shoir va […]

Ranglarda aks etgan ona tabiat

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Ranglarda aks etgan ona tabiat’’ ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi.Ayni damda Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnikida  8 nafar rassom o’z ishini boshlagan  Ijodkorlar soʼlim tabiat qoʼynida ijod qilib, Jayron pitomnigining  betakror manzaralari, noyob o’simlik va hayvonot dunyosi  aks etgan tasviriy […]

Ijod ohangi

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining Dastgohli rangtasvir rassomi yo’nalishi pedagogi Tilov Erdonovning  60 yoshga to’lishi munosabati bilan Shahrisabz shahar madaniyat markazi ko’rgazmalar zalida «Ijod ohangi» nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ko’rgazmani O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo’limi raisi G’anisher Haydarov ochib berdi.Ko’rgazmada rassomning oltmishdan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Tabrik uchun so’z olgan «El- yurt […]

«San’atni anglash san’ati»

19-may kuni O‘zbekiston davlat san’at muzeyida shu nomli guruh ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ko‘rgazmada 21 nafar taniqli rassom,1 nafar haykaltarosh ishtirok etayapti.Ko‘rgazmada asarlari o‘rin olgan A.Mamajonov, X.Ziyaxanov, V.Xapov, T.Raxmetov, F.Axmadaliev, M.Mirsaidov, A.Hamdamov, U.Rajabov, N.Shoxin, E.Kulmanov, Z.Qiyomov, S.Allaberganov, G.Matevosyan, N.Latipova, S. Sabirbayev, Y.Sattorov, U.Alimov,T. Li, S.Li, S.Suleymanova, D.To‘xtaqulov va J.Annazarov nomi tasviriy san’at ixlosmandlariga yaxshi tanish.Ushbu […]

Рассомлар пленэрда

Ўзбекистон Республикаси Табиат ресурслари вазирлиги ва Ўзбекистон Бадиий академияси Бадиий ижодкорлар уюшмаси ҳамкорлигида май ойида рассомлар учун юртимиз ҳудудларида пленэрлар ташкил этилаяпти. Мўйқалам усталарининг дастлабки манзиллари – Угом-Чотқол давлат миллий табиат боғи ҳамда Оролбўйи минтақаси бўлди. 15 нафар рассомнинг Угом-Чотқол давлат миллий табиат боғида ўтаётган пленэр жараёни Рассомлар пленэрда Оролбўйи минтақаси манзарасини матога туширишмоқда.

Санъатни англаш санъати

18-may Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassomlar «Sanʼatni anglash sanʼati» nomli guruh ko‘rgazmasini taqdim etadi. Ushbu ko‘rgazmaning ochilish marosimi O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyida 19-may kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi. Ko’rgazma kuratori: Manushak Arushanova

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.