loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Уйғур санъаткорлари кўргазмаси

30 сентябр куни Тошкент фотосуратлар уйида уйғур рассомларининг “Маданий мерос” номли бадиий кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Кўргазмада Ўзбекистон, Қозоғистон, Қирғизистон, Россия, Германия, Англия, АҚШ сингари давлатларда яшаб, ижод қиладиган 50 га яқин рассомларнинг 100 дан ортиқ асарлари намойиш этилмоқда. Кўрзгазма ташкилотчилари: Ўзбекистондаги Уйғур маданият маркази, Ўзбекистон Бадиий академияси, Тошкент Фотосуратлар уйи. Бугунги кўргазма йирик […]

Halqaro haykaltaroshlik simpoziumi yakunlandi

«Toshkent-2023» II Toshkent halqaro haykaltaroshlik simpoziumining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil Hindiston, Eron, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Gruziya, Ispaniya, Argentina, Italiya va Turkiyadan 10 nafar, yurtimizdan 11 nafar haykaltarosh ishtirok etdi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni asrab-avaylash, Orol dengizini tiklash-simpoziumning mavzusi bo‘ldi. Har bir haykaltarosh o‘z ijodida ushbu dolzarb mavzularga  shaxsiy munosabat […]

Xon atlasda aks etgan o‘zbek ayoli

28-sentabr kuni o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona me’yorlarni targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida «Xon atlas» festivali o‘tkazildi. Festivalda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sevara Jumayeva tashabbusi bilan “Xon atlasda aks etgan o‘zbek ayoli” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda ijodiy ishlar […]

Muhitdin Rahimov tavalludining 120 yilligi tadbirlari

Bugun,28-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida atoqli kulol-usta, O‘zbekiston xalq rassomi, tadqiqotchi-olim Muhitdin Rahimov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlari – kulolchilik asarlari ko‘rgazmasi ochilishi hamda «Muhitdin Rahimovning O‘zbekiston amaliy sanʼati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi» mavzuida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. M.Rahimov ijod namunalari mamlakatimizning ko‘plab muzeylarida, xorijiy kolleksiyalarda, jumladan, Moskvadagi Sharq xalqlari muzeyi […]

ANONS!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-F-farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston xalq rassomi, atoqli kulol, olim-tadqiqotchi va jamoat arbobi Muxitdin Rahimov tavalludining 120 yilligi muosabati bilan uning yurtimiz amaliy sanʼati rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlab ko‘rgazma va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. Tadbirning ochilish marosimi joriy yil 28-sentyabr kuni soat 11:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib […]

Rassom Muzaffar Abdullayev tavalludining 70 yiligiga bag`ishlangan “Hayot zafari” nomli shaxsiy ko`rgazmasi

2023 yilning 25 sentyabr kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida buxorolik rassom Muzaffar Abdullayev tavalludining 70 yiligiga bag`ishlangan “Hayot zafari” nomli shaxsiy ko`rgazmasi ochilishi marosimi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada rassomning 40dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish qilindi. Rassom Muzaffar Abdullayev ko’pincha avtoportretlarga murojaat qiladi. Uning “Avtoportret” (1982) asarida tashvishli nigohi, keng […]

Ko‘rgazma va modalar namoyishi

Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi, Turkiy tarix va madaniyat jamg‘armasi (TURKTAV) va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda Badiiy akademiya galereyasida “Xaritalarda Ota yurt” nomli ko‘rgazma ochilishi va “Liboslarda o‘zbek va turk motivlari” modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Turkiy tarix va madaniyat jamg’armasi (TURKTAV)ning […]

Тарихингдир минг асрлар…

Ўзбекистон Бадиий академиясининг Марказий кўргазмалар залида рангтасвирчи рассом Раҳимжон Ризомуҳамедовнинг 70 йиллик юбилейига бағишланган “Тарихингдир минг асрлар” номли шахсий кўргазмаси бўлиб ўтмоқда.  Рассом Р.Ризомуҳамедов профессионал таълимни П.Беньков номидаги Республика рассомлик билим юртида ва А. Островский номидаги Тошкент театр ва рассомлик институтида (ўқитувчилари: доцент В. М. Ковинин ва профессор Р.А.Аҳмедов) олган. Институтни тамомлагач, аспирантурада Ўзбекистон халқ […]

Respulika seminari bo’lib o’tdi

O’zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 2023-yil 22-sentabr kuni “O’zbekiston amaliy san’atida yog’och o’ymakorligining Qo’qon uslubi” mavzusida Respublika seminari o’tkazildi. Seminarga O’zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi F.Оbidjonova, Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig’i M.Qurbonov, Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim muassasalari rahbarlari hamda rahbar o’rinbosarlari tashrif buyurdi. Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida […]

II Xalqaro hunarmandchilik festivali

Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgan II Xalqaro hunarmandchilik festivalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at fakulteti talabasi, yosh iste’dod sohibasi Juldiz Aspisbayeva ham ishtirok etmoqda. Juldizning an’anaviy zargarlik va milliy qog’irchoqlik san’atida yaratilgan ijodiy namunalari festival pavilionidan munosib joy egallagan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.