loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Navbatdagi talabalar himoyasi

Shu kunlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilarining malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun,7-iyun kuni Institutning Tasviriy san’at fakulteti Teatr bezagi rangtasviri, Filmning tasviriy yechimi hamda Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi yо‘nalishlari talabalari bitiruv malakaviy ishi himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Himoya boshida so‘zga chiqqan fakultet dekani Sh.Jumaniyazov hozirgi kunda о‘zbek kino, […]

ANONS!

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston va Yaponiya Arxitekturasi: An’analar va zamonaviylik» nomli fotoko’rgazma tashkil qilinmoqda. Mazkur fotoko’rgazmaning tantanali ochilish marosimi joriy yil 9 iyun kuni soat 16:00 da Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida bo‘lib o‘tadi.

Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida taniqli yapon rassomi Ikuo Hirayama reproduktsiyalarining “Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab” nomli ko`rgazmasi ochildi. Tashkilotchilar: O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi. Ko`rgazmada Ikuo Hirayama reproduktsiyalari Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab safarlarida chizilgan. Ikuo Hirayama o’zining oxirgi kunlarigacha, taxminan 40 yil davomida […]

ANONS!!!

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rangtasvirchi rassom, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Erkaboy Masharipov «Go‘zallikdan lavhalar» deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasini taqdim etadi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi joriy yil 9-iyun kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

“Ranglarda aks etgan ona tabiat” g‘oliblari taqdirlandi

Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida joriy yilning may oyida yurtimizning turli go‘shalarida plenerlar tashkil qilindi. “Ranglarda aks etgan ona tabiat” mavzusidagi plenerda ishtirok etgan quyidagi ijodkorlar: 1-o‘rin uchun 1. Baybosinov Sarsenbay 2. Ibragimov Xurshid 3. Kambarov O‘rinboy 4. Urmanov Murod 5. Mamedova Dilorom […]

Bitiruv malakaviy ishi himoyalari

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Dastgohli rangtasvir hamda Kasb ta’limi: dastgohli rangtasvir yо‘nalishlari talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari bо‘lib о‘tdi. Unda ishtirok etgan О‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur bitiruvchi yoshlarni ushbu hayajonli, mas’uliyatli himoya bilan muborakbod etdi hamda bugun milliy san’atimizda о‘z fikri, uslubi va dunyoqarashiga ega […]

Bitiruv malakaviy ishi himoyasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida tasviriy va amaliy san’at yo’nalishlari bo’yicha Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo’lib o’tdi. Bitiruvchilarninig yakuniy himoyasi davlat attestatsiya komissiyasi raisi Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI professori, Badiiy akademiya akademigi Baxtiyor Nazarov rahbarligida o’tkazildi.

Рlener ko‘rgazmasi

Bugun,3-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida «Ranglarda aks etgan ona tabiat» nomli plener ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazma Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida joriy yilning may oyida yurtimizning turli go‘shalarida tashkil qilingan plenerlarning hisobotidir. […]

Yubiley ko’rgazmalar

2-iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida ikki  atoqli usta – zargar Fasixitdin Dadamuxamedov va yog’och o’ymakor ustasi Sirojiddin Rahmatillayevning shaxsiy yubiley ko’rgazmasi ochildi. Ikki atoqli usta – zargar Fasixitdin Dadamuxamedov va yog’och o’ymakor ustasi Sirojiddin Rahmatillayev milliy amaliy san’at rivojiga qo’shayotgan hissasi uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplomi bilan taqdirlandi. Yog‘och o‘ymakorligi ustasi Sirojiddin […]

Yurtimiz siymolari

2 iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq rassomi, professor Rustam Xudayberganovning  “Yurtim siymolari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada rassomning 60 ga yaqin portret va tarixiy janrdagi rangtasvir asarlari namoyish etilayapti. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan, asosan, yurtimizda yashab o‘tgan moziyning bir qator atoqli insonlari va zamonamiz portretlari, ularga muvofiq tarzda qadimiy va zamonaviy obidalari […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.