loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashrif buyurdi

Bugun,1-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurdi.     Badiiy akademiya raisi dastlab mazkur maktab-internatda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, fikr almashdi.         Tashrif doirasida maktab-internat o’qituvchi va o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.       […]

Xotira kechasi

Bugun, 29-fevral kuni Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy a’zosi Jollibay Izentayevning tugʻilgan kuni munosabati bilan «Quyoshga talpingan rassom» nomli xotira kechasi o‘tkazildi. Hayotini san’atga bag‘ishlagan, fidoiy inson, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Jollibay Izentayev 1943-yili […]

Rais Xorazmga tashrif buyurdi

28-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Badiiy akademiya tasarrufidagi Xorazm ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurdi. Badiiy akademiya raisi dastlab mazkur maktab-internat direktori Kurbanbay Bekchanov hamrohligida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, fikr almashdi. Xorazm ISMIda yoshlarga taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi […]

“Biz bolalar, biz dunyo”

28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Oʼzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan chop etilgan “Biz bolalar, biz dunyo” kitob-albomining taqdimoti boʼlib oʼtdi. Kitobda soʼnggi besh yil mobaynida Markaz hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil qilingan xalqaro bolalar rasmlari koʼrgazmalarida qatnashgan ShHT davlatlari yosh rassomlarining ijod namunalari jamlangan. Yosh musavvirlar oʼz asarlarida tinchlik, doʼstlik, […]

📣 DIQQAT, TANLOV‼️!

🎨O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti (Koreya Republikasi) hamkorligida joriy yilgi an’anaviy Xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida “San’at va madaniyat” mavzusida tasviriy san’at tanlovi o‘tkazilmoqda. ❗️Tanlov shartlariga ko‘ra ijodiy ishlar “Peyzaj va portret’’ mavzusida qabul qilinadi. 📆 Ijodiy ishlar qabul qilinishining muddati 2024-yilning 5-aprel kunigacha belgilangan. Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan talablar: 🖼 Ijodiy ishlar […]

«Ichimdagi ichimdadir»

27-fevral kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nurning «Ichimdagi ichimdadir» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda madaniyat va san’at sohasi, O‘zbekistondagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar, OAV vakillari, muallif ijodi muxlislari ishtirok etdi. Ko‘rgazmada atoqli rassomning so‘nggi besh yil davomida yaratgan 70 ta asari o‘rin oldi.

Memorandum imzolandi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzorahimov boshchiligidagi institut mutasaddilari va katta o‘qituvchilari guruhi xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdi. Turkiyaning Karabük universiteti rektori, professor dr. Fatih Kirishik taklifiga muvofiq tashrifda bo‘lgan Institutimiz vakillari ushbu taʼlim dargohi faoliyati bilan yaqindan tanishadi, “O‘zbekiston va Turkiya madaniy merosini o‘rganish masalalari” […]

Anons!!!

2024 yilning 21 fevral kuni soat 16:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Milliy Rassomlik va dizayn instituti talabalarining an’anaviy «Grafika: Ishtiyoq va mahorat» nomli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. ✅Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

Akmal Nur Yaponiya imperatorining ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Yaponiya imperatorining «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» ordeni bilan taqdirlandi. 2023-yil 3-noyabrda Yaponiya hukumati O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurni «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur orden  yuqori darajadagi mukofot bo‘lib, faqat maʼlum sohada yuqori natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. […]

Ko‘rik-tanlov ko‘rgazmasi

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida taniqli rumin haykaltaroshi Konstantin Brankuzi (1876-1957)shaxsi va ijodiga bag‘ishlangan rangtasvir va haykaltaroshlik ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari tomonidan Konstantin Brankuzining ijodidan ilhomlanib, ulug‘ rassom shaxsiga hurmat sifatida yaratgan kartina va haykaltaroshlik asarlari namunalari o‘rin oldi. Konstantin Brankuzi XX asrning mashhur haykaltaroshlaridan biri hisoblanadi. U […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.